19 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz.
Ertaga, poytaxt Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi 32-34 daraja issiq, kechasi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida harorat kunduzi 35 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi harorat 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kunduz kuni 32-37 daraja issiq bo‘ladi, kechasi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham harorat kunduzi 37 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Mamlakatimizning janubiy hududlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +32...+37 daraja, kechasi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.