Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha yetadi. Kechasi 8-10, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha yetish ehtimoli bor. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha yetish ehtimoli bor. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha yetish ehtimoli bor. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha yetish ehtimoli bor. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha yetish ehtimoli bor. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2500 metrdan baland hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha yetish ehtimoli bor. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja issiq bo‘ladi.
|