18 oktabr kuni respublika bo‘ylab havo haroratining keskin o‘zgarishi kuzatiladi. Shamol tezligi 17-22 m/sgacha kuchayadi.
Harorat tushishi sezilarli bo‘ladi. Xususan Toshkentda harorat 17 oktabr bilan taqqoslaganda bir yo‘la 18 darajaga tushadi, kunduzi tundan ko‘ra sovuqroq bo‘ladi.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 13-15, kunduzi 10-12 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 5-10, kunduzi 2-7 darajagacha iliq bo‘ladi.