Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

16 avgust kuni ham kun qizdiradimi?


Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 16 avgust kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +20...+22, kunduzi +35...+37 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.

Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo harorati kechasi +23...+28, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/sga yetadi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +24...+29, kunduzi +34...+39 darajagacha ko‘tariladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/sni tashkil etadi va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +14...+19, kunduzi esa +24...+29 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2474 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 16 avgust, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное