15 kundan keyin O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshadi
O‘zA internet tezligining 10 barobar oshirilishi bilan bog‘liq savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat qilgan.
Vazirlik internet tezligi masalasi bilan “O‘zbektelekom” AK shug‘ullanishini bildirgan.
“O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi Yunus Kamolovning javob berishicha, shu yilning 1 dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi aynan Prezident aytganidek, 10 barobarga oshiriladi. Hozirda texnik ishlar yakuniga yetkazilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarda internet 10 barobarga tezlashishi qayd etilgan.