Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-4, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 0-5, Ustyurt bo‘ylab ayrim joylarda kechasi 10-15, kunduzi 2-7, Xorazm viloyatida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab ayrim joylarda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 15-20 metrgacha, sekundiga shiddat bilan 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.