Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

10 fevral kuni O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo ma’lumoti


Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 12-17, kunduzi 2-7, Xorazm viloyatida kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab ayrim joylarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 7-10 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq, baland tog‘ hududlarida kechasi 13-18, kunduzi 6-11 daraja sovuq bo‘ladi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3852 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 10 fevral, ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное