O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda ayni damda yangi videoklipini suratga oldirmoqda. Bu klip “Jononim mani” deb nomlangan tarona uchun yaratilmoqda.
Ziyoda: Bugungi suratga olinayotgan klipimiz “Jononim mani” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlanmoqda. Avvalambor, qo‘shiqning mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi va musiqasi bahobir Nizomov, aranjirovkasi esa Umid Obidov. Bu taronaga klip olamizmi yoki yo‘qmi deb uzoq o‘yladik. Chunki judayam ko‘p yangi qo‘shiqlar yozib qo‘yganman. Qaysi taronaga birinchi bo‘lib klip olish masalasida uzoq mulohazalar yuritdik. Ko‘rib turganingizdek, biz shu ko‘shiqqa klip suratga olishga qaror qildik. Rejissyor Sarvar Karimov bilan hamkorlikda yaratayotgan klipimiz trek janrida. Ish qizg‘in kechmoqda. Albatta mehnatlarimiz samarasining darajasini muxlislar tomosha qilgandan so‘ng bilib olamiz.” – deydi xonanda saytimizga bergan ma’lumotida.
Mazkur klipda xonanda bir nechta obrazda namoyon bo‘ladi. Trek janrida bo‘lishiga qaramay, muxlislarga manzur kelishi kutilmoqda. Tez kunda esa klipni kutib qoling.