Xonanda Ziyoda o‘g‘lini aldashga majbur bo‘layotganidan xafa ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar berdi.
“Faoliyatim sabab, o‘g‘lim oldida ko‘pincha hijolat bo‘lib qolaman. Ya’ni, to‘y-hashamga ketish paytimizni yaxshi bilib qolgan. ‘Oyijon, meni tashlab ketib qolmang! Birga o‘ynaymiz’, deganida: ‘Xo‘p-xo‘p’, deb chalg‘itib, bilintirmay uydan chiqib ketamiz”, — deydi xonanda.
“Ana shunday holda uni aldaganimdan, ‘ketmayman’ deb va’da berib, va’damni bajarmaganimdan xafa bo‘laman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Ziyoda.
Ma’lumot uchun, xonanda Ziyodaning o‘g‘li Komron 2013-yil 23-oktabr kuni tug‘ilgan.