Ziyoda “Hayolim” taronasiga bir nechta ssenariylarni ko‘rib chiqdi
Sohirovoz sohibasi Ziyoda 31-oktabr va 1-2- noyabr kunlari muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining navbatdagi “Sevadi yorim” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.Bugungi kunda deyarli ko‘p vaqtini konsertga tayyorgarlik bilan o‘tkazayotgan xonanda yangi klip yaratish ustida bosh qotirmoqda.
Hozirgi kunga qadar Ziyoda “Hayolim” nomli qo‘shig‘iga bir nechta ssenariylarni ko‘rib chiqdi.Ulardan qay biri ma’qul kelsa, klipmeyker Yodgor Nosirov bilan maslahatlashgan holda suratga olish ishlarini boshlab yuborishar ekan. Har bir qo‘shiqlari va kliplari ustida jiddiy o‘ylab ish tutadigan xonanda mazkur ssenariylarga talabchanlik bilan yondoshmoqda.
Klipning suratga olinish jarayonlari haqida saytimiz orqali albatta yoritamiz. Kuzatishda davom eting.
omad Ziyodaga ijoddi wunaqa gullayvursin. kansert 100% jonli boganda yanayam zo'r iw bolardi axir jonli kansert qoyish Ziyodani qolidan keladiku. Mayli balki xali tayyormasdir... Lekin omad kansertga boramiz xudo xoxlasa