Zarina Nizomutdinova: Hech bir Ayol ajrashaman deb Turmushga chiqmaydi!
Mashhurlikning yuki osonmas. Ayniqsa, mashhurning oilasi bilan bog‘liq bilan xabar tarqalsa, bu yuk vaznini ko‘ring! Latofatli aktrisa Zarina Nizomutdinovaning ikkinchi turmushidan ajrashishi bilan bog‘liq xabarlar katta shov-shuvlarga aylanib ketdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu xabarlar ortidan bo‘layotgan muhokama sabab, ijtimoiy tarmoqlar “portlayapti”!
Aktrisa va xonanda hamma mish-mishlarga nuqta qo‘yish maqsadida bor haqiqatlarini aytish istagida intervyu berishni lozim topib, saytimizga murojaat etdi...
-Ikkinchi turmush qurganimda, muxlislarim mendan xafa bo‘ldi. Chunki, turmush o‘rtog‘im mendan 16 yosh katta. Nega, shunday yosh aktrisa, o‘rta yoshli kishi bilan oila quryapti degan savollar urchidi. Hayotning issiq-sovug‘ini ko‘rgan odamga turmushga chiqishni niyat qilgandim. Tashqi ko‘rinishiga e’tibor bermadim. Bahrom akaning hamma gaplariga ishondim. Oilasidan ajrashgani, hali katta orzu umidlari borligi, meni baxtli qilishi, kareramga yordam berishi...
Rahmdil insonman. Ishondim va rozi bo‘ldim. Sevgiga ishonmasligim uchun ham aqlim bilan ish tutdim. “Insonning qalbi bo‘lishi kerak, tashqi chiroyiga non botirib yeysanmi?” deyishdi, atrofimdagilar. To‘y berib, turmushga chiqdim. Oz o‘tmay, “birovning oilasini buzdi” degan gaplar tarqaldi. Men tushunmay qoldim. Qanaqa oila? Axir, u ajrashganman deb aytgandi. Xalq ko‘z oldida men kimningdir oilasini buzgan bo‘lib qoldim. Agar, men kimningdir oilasini buzmoqchi bo‘lsam, Bahrom akani tanlaymanmi? Niyatim buzuq bo‘lsa, shuncha oilali, boy yigitlarning soni qancha?! Bahrom aka insoniylik jihatdan o‘zini ko‘rsata olgani uchun rozi bo‘ldim. Muxlislar qancha gapirmasin, men turmush o‘rtog‘imni qo‘llab-quvvatladim. Oilani xohlaganim uchun ham yoshi katta insonni tanladim. Boshqa uylanish taklifini bildirganlar ijodni yig‘ishtirib, uyda o‘tirasiz, degani uchun ham rozi bo‘lmaganman. Shuncha qoralab tashlashgani yetmaganiday, yana bo‘tqaga qorishdi. To‘g‘risini aytsam, seva olmadim... Hozir ota-onamnikida yashayapman. U menga olib bergan barcha narsalarni, hatto, avtomashinani ham qaytarib berdim. Chunki, men va sobiq turmush o‘rtog‘imni hech narsa bog‘lashini istamayman!
Kareramdan uzoqlasha boshladim. E’tibor berishsa, bir yil kinoda ham chiqmadim-ku?! San’atda ham bir yilga yo‘qolib ketdim. Boshida va’dalar boshqacha edi. Kelishmovchiliklar boshlandi. Oxiri, hammasiga nuqta qo‘yishimizga to‘g‘ri keldi. Oilamizda yolg‘on aralashdi, g‘iybatlar ko‘paydi. Dushman bo‘lmasdan, do‘stona munosabatda qolishni istadim. Kelishib oldik. Yorug‘ yuz bilan xayrlashdik. Vaholanki, hech bir ayol ajrashaman deb turmushga chiqmaydi! -“Instagram”da yoningizda paydo bo‘lgan do‘stmi yo do‘stdan yaqinroq munosabatdagi yigit bilan tushgan suratlaringiz gap-so‘zlar bolalashiga sabab bo‘ldi...
-U mening do‘stim. Uni 3 yildan beri taniyman. Bahrom akani uchratishdan oldin ham tanirdim. Turmush o‘rtog‘im bilan yashayotganimda ham do‘stim bilan suratlarimni ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ydim. Uni xushtorimga yo‘yishdi. Kechirasiz-u, yuradigan ayol xushtorini bekitmaydimi?! -Ikkinchi marta turmushga chiqib, yana ajrashdingiz. Nima topib, nima yo‘qotdingiz?
-Hech nima topmadim. Bahrom akaga esa baxt tilayman. Men ham o‘z baxtimni topishni istayman. Endi tengimni topib, oila quraman. -Balki, farzandli bo‘lganingizda, oilangiz mustahkam bo‘lib qolarmidi?
-Menimcha, yo‘q. Shuncha ayol turmushga chiqyapti. Biroq, mening ikkinchi turmushim katta shov-shuvga aylanib ketdi. Turmush o‘rtog‘imni qoralash fikridan yiroqman. O‘zimni oqlash istagim ham yo‘q. Balki, dunyoqarashlarimiz to‘la mos kelmadi. -Bu birinchi marotaba ajrashishingiz emas. Birinchi oilangiz buzilishiga nima sabab bo‘lgan?
-Birinchi turmush o‘rtog‘imni haligacha hurmat qilaman. U kishi mendan 6 yosh katta. Yosh turmushga chiqqanim, jiddiy hayotga erta qadam qo‘yganim sababmi, o‘zga yurtda moslashib ketish qiyin bo‘ldi. U haddan ziyod rashkchi edi. Rashk bo‘lgani yaxshi, biroq me’yoridan ortiq bo‘lsa, ayolga juda qiyin bo‘larkan. -Farzandingiz otasini sog‘inib turadimi?
-Temurxon otasini eslolmaydi. Shvesiyadan esa farzandi ko‘rgani kelishi sobiq erim uchun mushkulroq. Birinchi turmush o‘rtog‘im To‘lqin farzandim bilan xorijda ko‘rishishni istaydi. Biroq, bunga hali tayyor emasman. Farzandim ulg‘aygach, albatta otasini ko‘rishi uchun uning yoniga yuboraman. -Farzandingiz “yangi ota”sini o‘z otasidek qabul qila oldimi? Uning farzandingizga bo‘lgan mehridan ona sifatida qoniqdingizmi?
-To‘g‘ri, ko‘p sovg‘alar olib berdi. Maktabga berganimda, onamning yoniga yubordim. Onam shuncha payt o‘g‘limni tarbiya qildi. -Evropada turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘tgan shirin damlarni eslamaysizmi? Balki, unga nisbatan mehringizni shu shirin xotiralar yana qaytarib berar?
-Shirin damlar? Instagramda o‘zimni xursand qilib ko‘rsatgandek bo‘ldim, qalbim nimalar his qilgani esa faqat o‘zimga ayon. -Baxt nimaligiga endi javob topa oldingizmi?
-O‘g‘lim borligi, ota-onam borligi baxt. Aqlim yig‘ildi. Shuni tushunib yetganim uchun ham baxtliman. -Shohruhxon bilan “Romeo va Juletta” filmidagi ijro etgan rolingiz hanuz sevimli. Shu filmdagi Jamila kabi chin muhabbatga yetishishni istaysizmi (albatta, taragedik nihoyasiz!)?
-Jamila kabi hammaga qarshi ketib, sevishni istamayman. Bugun menda boshqa bir xulosa mavjud: sevib turmushga chiqish kerakligiga amin bo‘ldim. Ko‘r-ko‘rona, rahm bilan oila qurish – mustahkam bo‘lmas ekan. -Alisher Usmonov haqida batafsilroq to‘xtalsangiz...Darvoqe, ko‘pchilikning fikricha, turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan alamzadalik u bilan juda yaqin bo‘lishingizga sabab bo‘lmoqda?
-Alisher Usmonov men uchun akamdek bo‘lib qolgan. “Arslon izidan...” filmi suratga olish jarayonida tanishib qoldik. Omma o‘ylayotgandek, u qadar ahmoq emasman. U sevgan insonim bo‘lganida, hammayoqqa ovoza-yu darvoza qilmasdim. Insonlar mening shaxsiy hayotimga burun tiqayotgani g‘alati. Turmush o‘rtog‘im bilan do‘stona xayrlashdim. Agar, u menga xiyonat qilganida yo tashlab ketganida, men ham alam qilsin qabilida ish tutsam!? Bunga asos yo‘q. -Ma’lumotlarga qaraganda, do‘stingiz – Alisher sizni xalqaro darajada tanitishga, qimmatbaho mashina sovg‘a qilishga va’da bergan...
-(kuladi). Yo‘q, bunday va’dalarni ikkinchi turmush o‘rtog‘im bergan. -Usmonovni sevib qolsangiz-chi?
-Hech qachon. O‘zimga ishonaman. Uch yildan beri aka-singildek munosabatdamiz. Birga suratga tushish bu sevishish degani emas-ku?! Ustiga-ustak, yaqinda birga filmda suratga tushyapmiz. “Instagram”dagi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan fotosuratlarning aksariyati suratga olish ishlaridan oldingi sinov jarayoni. -Ijtimoiy tarmoqlarda yog‘ilayotgan negativ fikrlar, haqoratomuz mulohazalarni qanday yengyapsiz?
-Bu narsalarga ahamiyat bermaslikka harakat qilaman. Odamlarga qoralashlar juda yoqadi. Nega ijodimni muhokama qilishmaydi-yu, bironta g‘iybat paydo bo‘lsa, darrov tosh otishga o‘tishadi? Bilib qo‘yinglar, qoldirayotgan “komment”laringizning bittasini ham o‘qimayman.Haddidan oshib ketganlarni bloklab qo‘yaman. Dushmanlarimga aytmoqchiman, mazza qilib yozganingiz bir tiyin. Ahamiyat ham bermayman. Saytingiz orqali o‘sha vaqtini bekor o‘tkazib, meni qoralash bilan band bo‘layotganlarga javob beryapman. -Alisher ajrashganingizda nima maslahat berdi?
-“Hech narsaga ahamiyat bermang. Qalbingizga quloq tuting. Do‘stlaringiz yoningizda!” -Sevgi izhorlarini qabul qilasizmi?
-Muxlislarim har doim gullar va sovg‘alar yuborib turishadi. Muxlislarimning o‘zi ajrashishimni istashdi. Ajrashsam, endi bunaqa gaplar. Ayrim odamlarni umuman, tushunib bo‘lmaydi. -Yaxshi kelin bo‘la oldingizmi?
-Qaynonam bilan yashamadim. -Yaxshi rafiqa-chi?
-Turmush o‘rtog‘im o‘zgarganini atrofdagilar, do‘stlari sezdi. Demak, munosib rafiqa bo‘la oldim. -Muxlislarga, ommaga nima degan bo‘lardingiz?
-Muxlis - muxlis bo‘lishini tilab qolardim, g‘iybatchi emas! Muxlis og‘ir-engil paytda birga bo‘lishi kerak. Meni bo‘lar-bo‘lmas bo‘htonga qorishtirmasdan, o‘z hayotimni yashashimga qo‘yib beringlar! Har kimning gunohi-yu savobi o‘ziga! Hammamiz baxtli bo‘laylik! Axir, bir marta yashaymiz!
Zarina! kino syomka paytida Sizni birinchi marta ko'rganimda siz haqingizda tasutot"fikrim" boshqacha edi ,bo'lib o' tgan voqeyalardan keyin tomomila qanday inson ekanligingizni bildim, agar siz bilan yana bir bor ko'rishib kolsak bu haqida o'zingizga aytaman.
turmuw quriw öyinamaski xoxlaganda ajrawib xoxlaganda yana turmuw quriw birinci yaxwilab öylab oliw kere qalbiga quloq solib ketavermay ota onasi bor uwaladan söraw kere xec qacon ayniqsa turmuw quriwda wowilmasli kere. Zarina sizxam baxtizni topin sizni pewonayizda Allox yozgan juftiz bor bunga aminman baxtli bölin
Exxx Zarina sizga hurmatim balantidi... Pachti 10 yil buldi sizi yoqtirishimga. Mayli nima bugandayam endi omad tileman sizga 3-martta erga teygan odamga baxtdan ko'ra ko'proq omad kere. Agar iloji bo'sa boshqa erga teymen o'g'lizga yaxshi tarbiya berib katta qilin sizi eng katta baxtiz farzandiz mexr muhabbatizi Temurxonga bering...
Zarinani yaxshi körardim, jasur hamroyevning zarina haqidagi birinchi maqolasi tufayli bu aktrisani yomon körib qoldim! JASUR! NIMA QIGANINGIZ BU? YOMONLAYSIZ, SÖNGRA "OQLOVCHI" MAQOLA YOZAS! Oqlar ekansiz,nima qilas yomonlab? Sardor Kamilovni qanday yaxshi körsam sizniyam xuddi shunday yaxshi körardim! Uyalmadingizmi,zarinaning ichkiyimlari falon yuzming dollar turardi,deyishga? Umuman,uning ichkiyimlarini siz qayerda körib yuribsiz? Uni qoralayman deb,özingiz ham qoralanib qolayatganingizni bilmaysizmi?
Qoyil juda zor javoblar beribdi men umuman zarinani yomon qiz degan hayolga bormagandim bilamanki u doim yahshi rollarda oynab kelgan va hayotda ham shunday yahshi qiz omad yor bolsin zarina opa men ham sanatkor bolishni orzu qilaman hech qanday sanatkorni yomonlamiman hamma sanatkorlarga omat tileyman sog bolinglar