Sho‘x va shoddod aktrisa Zarina Nizomiddinova biz bilan bo‘lgan suhbatda nega kalta va yelkasi ochiq liboslarni ko‘p kiyishini gapirib berdi...
— Bizga taqlid qiladigan muxlislarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan liboslar kiymayotganimni bilaman. Uyimdagilar kiyinishimga sira e’tiroz bilidirishmagan, erkimiz o‘z qo‘limizda. Bilasizmi, xuddi mendek kiyingan boshqa san’atkorlarni emas, aynan meni tanqid qilaverishadi. Masalan, tizzasi yirtiq shim kiyishimga to‘xtalsak, bu kiyim hozir urfda, hamma kiyyapti. Men uchun ham bu libosda yurish oddiy hol. Liboslarim mentalitetimizga zid emas, yo‘qsa, bizni rahbariyat chaqirtirib, keraklicha tanbeh bergan bo‘lardi.
menga qolsa kiyinmay yursin Menga umuman yoqmaydi Dilnoza Qubayevani hurmat qilaman kiyiniw madaniyati 100% muomilasi ham joyida Zarinaga kelsak bu ayol bowqalani bir tiyinga olmaydigan karanda men esa tekingayam olmiman