Zarina Nizomiddinova muammoli mavzu ko‘tardi: “Etar!”
Aktrisa Zarina Nizomiddinova qo‘shiq kuylashni boshlaganida ko‘pchilik iliq qabul qilmagan edi. “Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin” degandek.
Lekin Zarina noodatiy klip va ijro yo‘nalishi bilan yaxshigina xonanda ekanligini ham isbotlamoqda. “Afsonaviy” va «Meni kechir» qo‘shiqlaridan so‘ng u navbatdagi “Etar” nomli taronasi ustida ish boshladi.
Jahongir.UZ ohangi va musiqiy sayqali bilan dunyoga kelayotgan qo‘shiq mavzusi sir tutilmoqda. Zarina Nizomiddinovaning aytishicha, yangi ijodiy ishida muammoli mavzuni ko‘targan. Demak, intiqlik bilan kutamiz.