«Yuventus»ning eng qimmatbaho futbolchisi koronavirusga uchradi
«Yuventus» klubi hujumchisi Paolo Dibala koronavirusga uchradi va tvitterdagi sahifasida xabar qoldirdi.
Uning aytishicha, o‘zi va birga istiqomat qilayotgan ayolda koronavirus aniqlangan. Futbolchi ayni vaqtda har ikkisi ham o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, transfer bozorida Dibala «Yuventus»ning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. U 90 million yevroga baholangan va joriy mavsumda 34 uchrashuvda 13 ta gol urgan hujumchiga bir qator yetakchi klublardan qiziqish bor.
Dibala «Yuventus» tarkibida koronavirusga uchragan yagona futbolchi emas. Dastlab klub tarkibida Daniel Ruganida virus topildi, keyin esa Blez Matyuidi ham koronavirusga uchragani aniqlandi.