Turinning “Yuventus” futbol jamoasi “Real” yarimhimoyachisi Sami Xediraning vakillari bilan futbolchining “Yuventus” tarkibiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Turinliklarning rahbariyati tomonlar barcha detallar bo‘yicha kelishuvga erishib, 6 iyunda o‘tadigan Chempionlar Ligasi finaligacha hujjatlarni imzolashlariga umid bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Xediraning “Real” bilan shartnomasi kelayotgan yozda o‘z nihoyasiga yetadi, shuning uchun u klubni erkin agent sifatida tark etadi.