"Yuventus" ketma-ket to‘qqizinchi marta Italiya chempioni bo‘ldi
Kecha futbol bo‘yicha Italiya chempionatining navbatdagi turida "Yuventus" "Sampdoriya" ni mag‘lubiyatga uchratdi va muddatidan oldin mamlakat chempionligini yutdi. Jamoa o‘z tarixida ketma-ket to‘qqizinchi va umumiy hisobda 36-marta Italiya chempioniga aylandi. Turin shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2: 0 hisobida yakunlandi. Gollar Krishtianu Ronaldu (45+) va Federiko Bernardeski (67) tomonidan kiritildi. Uchrashuv natijasida "Yuventus" turnir tugashiga ikki tur qolganida yetti ochko farq bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. "Yuventus" 1897 yilda tashkil topgan va Italiyadagi eng nomdor klub. U ikki marta Chempionlar Ligasini va uch bor UEFA kubogini yutgan.