Yurtimizda koronavirusga chalinganlar haqida ma’lumot berildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekovning ma’lum qilishicha: ❗️Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 87 bemorning 27 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda, 4 nafarining ahvoli og‘ir, bir nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. ❗️Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 93 nafar bemorning 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolanayotgan 165 nafarning 53tasida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.