Yoshlar o‘rtasidagi JCh-2015 uchun qur’a tashlandi
Chili poytaxti Santyago shahrida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati (U17) uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Musobaqa shu yilning 17 oktyabridan 8 noyabrigacha bo‘lgan muddatda Chilidagi o‘yingohlarda o‘tkaziladi. Terma jamoalar 6ta guruhga bo‘lingan holda musobaqaga kirishishadi. A guruhi: Chili, Xorvatiya, Nigeriya, AQSh. B guruhi: Angliya, Gvineya, Braziliya, Janubiy Koreya. Cguruhi: Avstraliya, Germaniya, Meksika, Argentina. D guruhi: Belgiya, Mali, Gonduras, Ekvador. E guruhi: JAR, Kosta-Rika, Shimoliy Koreya, Rossiya. F guruhi: Yangi Zelandiya, Fransiya, Suriya, Paragvay.