Yangi yil bayramida Samarqandda ommaviy norozilik namoyishi bo‘ldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand shahrida ommaviy norozilik namoyishi bo‘lmoqda” nomi bilan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
2022 yilning 31 dekabr kunidan 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 01:00 lar atrofida Samarqand shahrida Mercedes Benz 270 haydovchisi va fuqaro R.K. bayramga yig‘ilgan odamlarni o‘ziga qaratish maqsadida avtomashinasida drift bajarib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan.Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.
Mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.“Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida ommaviy norozilik namoyishi bo‘lmoqda nomi bilan tarqalgan xabar va ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi xabarda.