Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi o‘quv yili uchun ayrim yo‘nalishlar qabul kvotalari ochiqlanmoqda

Prezidentning «Kimyo va biologiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihsi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida yangi o‘quv yili uchun ayrim yo‘nalishlar qabul kvotalari berilgan.
Xususan, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Buxoro davlat universitetida «Biotexnologiya» ta’lim yo‘nalishiga – 50 ta, «Kimyoviy tahlil va ekologik xavsizlik» ta’lim yo‘nalishiga – 25 ta;
Toshkent kimyo-texnologiyalar institutida «Kimyoviy texnologiya, neft kimyosi va biotexnologiyada energiya va resurslarni tejash jarayonlari» ta’lim yo‘nalishiga – 25 ta.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagicha kvota o‘rinlari ajratish belgilanmoqda:
O‘zbekiston Milliy universiteti, «Mikrobiologiya» mutaxassisligiga – 10 ta, «Kimyoviy tahlil va ekologik xavsizlik» mutaxassisligiga – 10 ta, «Tabiiy resurslarni qayta ishlash» mutaxassisligiga – 10 ta, «Nozik organik sintez» mutaxassisligiga – 10 ta;
Toshkent kimyo-texnologiyalar institutida «Kimyoviy texnologiya, neft kimyosi va biotexnologiyada energiya va resurslarni tejash jarayonlari» mutaxassisligiga – 8 ta, «Katalizator va adsorbentlar texnologiyasi» mutaxassisligiga – 8 ta, «Nozik organik sintez» mutaxassisligiga – 10 ta;

Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 11 martiga qadar davom etadi.


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3064 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ayrim yo‘nalishlar, Uchun, ochiqlanmoqda, qabul kvotalari, yangi o‘quv yili
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное