Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2) hayvondan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Bu haqda «Regnum» xabar berdi. Tashkilotning rasmiy vakili Fadela Shaib bugun, 21 aprel kuni Jenevada o‘tkazilgan brifingda shunday bayonot berdi. Virus laboratoriyada yaratilgan degan qarashlarga tashkilotning javobi shu. Shaib JSST faqat ilmiy tajribalarga asoslanishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus qaerda, qanday paydo bo‘lgani to‘g‘risida bir-biridan keskin farq qiluvchi qarashlar mavjud.