Xonanda Dilso‘z turmush o‘rtog‘i bilan duet kuyladi
“Jonimni ozori” deb nomlangan ilk qo‘shig‘i bilan muxlis orttira boshlagan xonanda Dilso‘z (Go‘zal Jumaniyozova) turmush o‘rtog‘i, xonanda Farruh Raimov bilan duet ijro etdi.
Bu haqda xonanda “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Yaqin kunlarda muxlislar kutganidan ham a’lo darajada kuylangan duetimizni taqdim etamiz. Qo‘shiq nomini esa hozircha sir tutganim yaxshi, chunki bizda g‘oya o‘g‘rilari judayam ko‘paygan”,—deydi Dilso‘z Farruh Raimov bilan duet kuylaganini ma’lum qilar ekan.
Avvalroq, xonanda o‘ziga juda o‘xshash qizchaning suratini Instagram`ga joylashtirgani haqida xabar bergan edik.