Xitoyda so‘nggi 24 soat ichida 22 ta yangi kasallanish holati aniqlandi, deya xabar beradi Sinxua agentligi. Yangi holatlarning 17tasi aholi orasida, qolgan beshtasi chet eldan mamlakatga kelganlarda aniqlangan. Barcha mahalliy holatlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida ro‘y bergan, deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasi axborotida.