Xitoyda yo‘talayotganlarga jamoat transportiga chiqish taqiqlandi
Xitoyda isitmasi bo‘lgan va yo‘talayotgan fuqarolarga transport vositalaridan foydalanish taqiqlandi.
Kasallik tarqashiga qarshi davlat qo‘mitasi boshlig‘i Xe Sinxua aynan shunday qaror qabul qilgan. U shuningdek, temir yo‘l va havo transportida sanitar talablarni yanada oshirishni alohida ta’kidlagan.
Xitoyda koronavirus bilan og‘riganlar soni 67 ming kishidan oshib ketdi. Kasallik natijasida 1600 dan ortiq odam vafot etdi. Tuzalib ketganlar esa 8 ming nafardan oshiqroqni tashkil etadi.