Xitoyda "Titanik" kemasining cho`kishini aks ettiruvchi qurilish ishlari boshlandi
Xitoyda mamlakatga sayyohlarni jalb etish maqsadida mashhur “Titanik” kemasining ummonga cho`kishini aks ettiruvchi qurilish ishlari boshlandi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Xitoyning Sichuan provinsiyasida haqiqiy “Titanik” kemasining hajmidagi kemani qurish ishlari boshlandi. Star Energy Investment Group loyihasining bu qismi Siszyan daryosi qirg`og`ida joylashgan kurortda bunyod etiladi.
Yangi “Titanik”ning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, sayyohlar unga chiqqandan keyin kemaning aysberg bilan to`qnib, cho`kishini haqqoniy his qilishadi. Qurilish ishlari 2017 yilning oxiriga borib yakunlanadi.
Xitoydagi yangi kurortda bundan tashqari, sun`iy plyaj, 6D-kinoteatri, Evropa saroylarining nusxalari ham qurilishi rejalashtirilgan.