Vin Dizel Sharliz Teronning “Forsaj”dagi ishtiroki haqida so‘zladi
Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Sharliz Teronning “Forsaj-8” filmi uchun yaratgan personaji surati paydo bo‘ldi. Bu haqda Entertainment Weekly xabar qildi.
Suratda salbiy qahramonni ifoda etgan aktrisa egnida Metallica deb yozilgan futbolka bilan qurol do‘koniga kirgani tasvirlangan.
Surat yuklangach, “Forsaj”ning doimiy “yuzi” bo‘lgan Vin Dizel o‘zining feysbuk sahifasida Teron yaratgan qahramon-qizning ismi Sayfer ekani va u Dizelning qahramoni Dominikni “biz hali ko‘rmagan vaziyatlarga solishi”ni aytib berdi.