“Forsaj” filmini sahnalashtirish ishlari boshlab yuborildi
“Forsaj” filmining sakkizinchi qismi suratga olinayotgani haqida ayrim gaplar quloqqa chalina boshlagan edi. Yaqinda internetda paydo bo‘lgan videorolik bu gaplarning haqiqat ekanligini tasdiqladi. Ko‘ngilli odamlardan biri suratga tushirgan rolikda bino ichidan otilib chiqqan to‘rtta mashina va ularning yerga kelib urilganini tasvirlaydi. Yana to‘rtta avtomobil esa ularga yaqin joydan o‘tib ketgan.
Darvoqe, voqealar AQShning Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, “Forsaj” filmining yettinchi qismi kinoprakatlarda 1,5 mlrd dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan edi.