Kubada "Forsaj" filmining sakkizinchi qismini suratga olish ishlari yakunlandi
Kuba poytaxti ko‘chalaridagi ikki haftalik yugur-yugurlardan so‘ng 6 may kuni Havanada Amerikaning afsonaviy "Forsaj" filmining sakkizinchi qismini suratga olish ishlari yakunlandi. Minglab kubaliklar Hollivud jangari filmining ish jarayonida ishtirok etishdi.
Filmning bosh rol ijrochilari Mishel Rodriges va Vin Dizel kinoshouga o‘ziga xos jilo berishdi. Ularning jamoat joylarida va xususiy muassasalarda tez-tez paydo bo‘lishi kubalik ko‘plab mashhurlar "ovchilari"ni behad quvontirdi.
Mahalliy kinosevarlar uchun bir necha epizodlarda suratga tushgan aktrisa Sharliz Teronning Havanaga kelishi kubaliklar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Film ishlab chiqarish haqida rasmiy ma’lumotning kamligi mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi, chunki suratga olish jarayonlari tufayli ba’zi ko‘chalarni yopishga to‘g‘ri keldi, bu esa Kuba ko‘chalarida avtomobillar tirbandligini hosil qildi.
"Forsaj-8" filmi premerasi 2017 yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.