МУНИС ВА "УММОН" ИЖРОСИДАГИ ДУЭТ КАТТА САҲНАДА ИЛК МАРТА ЖАРАНГ СОЧДИ!
***
19-20 sentyabr, 2012. "Turkiston”ning yozgi saroyida, hozirgi kunda ko`plab shov-shuvlarga sabab bo`layotgan aybsiz aybdorlar- "Ummon” guruhining yakkaxon konserti bo`lib o`tdi. Konsertn shunday so`zlar bilan boshlandi: "Ko`pchilik ularni taniydi, ular haqida turli fikrlar bildirishadi, ularni yaxshi ko’rishadi va ardoqlashadi, ularni yomon ko’rishadi. Tinimsiz mehnat va izlanishlar orqasidan nom qozongan yigitlar, shou-biznesga biznes kabi qaramaydigan yigitlar. Ularni bugungi kunda sahnada faqat bitta sabab ushlab turibdi, u ham bo`lsa muxlislar etibori va mehri…kutib oling, "Ummon” guruhi!” Ushbu so`zlar jarang sochishi bilan sahnada "Barkamol avlod” deb nomlangan prem`yera taronasi bilan paydo bo`lgan "Ummon” muxlislarining olqishlari sadosi to`lqindek mavjlandi. Konsertda ko`pchilik kutgan duet jarang sochdi. Ha, to`g`ri topdingiz: Munisa Rizayeva bilan kuylangan "Vo ajab”. Rizayeva xit qo`shiqlarini muxlislar jo`rligida kuylab bo`lgach, sahnada sevimli boshlovchi Davron Kabulov paydo bo’lib, Munisani savolga tutdi: " Munisa, siz "Ummon” guruhining qaysi bir qo`shig`ini yoddan, jonli ijro qilib bera olasiz?” Munisa savolga javoban guruhning "Qanday unutding”dan bir parcha jonli ijroda xirgoyi qildi. Davron va Munisa o`rtasida bo`lib o`tgan so`z o`yiniga ahamiyat beramiz:"Munisa, siz "Ummon”ning yangi "Boylik” klipini ko`rdingizmi?”, Munisa: "Uzur, ijod bilan ovora bo`lib, ushbu qo`shiqqa olingan klipni KO`RA OLMADIM! ", Davron: " Ha, o`zi oxirgi paytlarda ko`pchilik "Ummon”ni KO`RA OLMAYAPTI!”. Ushbu so`z o`yinidan keyin "Turkiston”ni tasavvur qilavering!
"ТУРКИСТОН" ЁЗГИ САРОЙИДАН ЭКСКЛЮЗИВ ФОТО-РЕПОРТАЖ!