Beeline aloqa operatori "Mening musiqam” (gudok o‘rniga
musiqa o‘rnatish) xizmati ringtonlarining eng ko‘p o‘rnatilgan o‘nligini taqdim
etdi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagi qo‘shiqlardan gudok o‘rnida ko‘p
foydalanilgan:
10-o‘rin:
"Bojalar” — "Qo‘g‘irchoq”
9-o‘rin: Doniyor
— "Meni sev”
8-o‘rin: Shohruhxon
— "Qaramasa qaramasin”
7-o‘rin: Ulug‘bek
Rahmatullayev — "Meni kechir”
6-o‘rin: "Vaqt”
— "Vaqt”
5-o‘rin: Oybek
va Nigora — "Omon”
4-o‘rin: "Ummon”
— "To‘xta”
3-o‘rin: Alisher
Fayz — "Ko‘rishamiz”
2-o‘rin:"Ummon”
— "Ana endi yig‘la”
1-o‘rin:
"Ummon” — "Aytgin menga”
"Mening
musiqam” xizmati 2007-yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan
abonent uchun standart ulanish signalini musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush
bilan almashtirish imkonini beradi.
Endilikda "Mening
musiqam” sahifasidan musiqa xarid qilganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilganda,
shuningdek, musiqani ko‘chirib olganda yoki sovg‘a qilganda u avtomat tarzda
ishga tushadi.
Bundan
tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham Beeline
abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olishingiz mumkin. Buning uchun musiqani
gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda "yulduzcha”(*)ni bosish zarur. Shundan so‘ng
telefonga SMS keladi. Agar o‘sha musiqani o‘rnatishni istasangiz, "Ha” so‘zi,
istamasangiz, "Yo‘q” so‘zi bilan javob berishingiz kerak.