Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Umid Iskandarov: Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman

 

Aktyor Umid Iskandarov hamda shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan biri bo‘lmish Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Aslida, bu gap-so‘zlar bundan roppa-rosa 1 yil oldin, 2016-yilning yanvar oyida boshlangan edi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
O‘tgan yilning yanvar oyida mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida tahririyat xodimlari Umid hamda Renata bilan bog‘langanda, ajrim haqidagi gaplar yolg‘on ekani, ular baxtli hayot kechirayotganliklarini aytgan.
 
Oradan 1 yil o‘tib, 3-yanvar kuni nashr Umid Iskandarov bilan bog‘langanda aktyor mutlaqo boshqa javobni bergan.
 
Men bu kabi mish-mishlar barchani qiziqtirishini tushunaman. Ammo mening hayotim va oilaviy masalalarimga hech kim aralashmasligini istardim. Aslida muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mavzular juda ko‘p. Men ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman. Buni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddaman.
 
Umid Iskandarov, aktyor
 
Eslatib o‘tamiz, ajrim haqidagi gaplarning yanada jonlanishiga Umid va Renataning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilayotgan suratlari, izohlari, yaqinlarining ular haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4611 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Umid Iskandarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR B) birovni oilasi qimga qiziq
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное