Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Umid Iskandarov rafiqasi Renata bilan ajrashganini Shahzoda Matchonova bildirib qo‘ydi





Aktyor Umid Iskandarov rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq aktyor bunday gap-so‘zlarni inkor etib kelayotgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Bugun, 14-dekabr kuni Umid Iskandarovning rafiqasi Renata Iskandarova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyor rafiqasini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabrikladi. Umid Iskandarov she’riy tabrigida rafiqasiga hammaning xush ko‘rgan insoni, kimdir uchun esa eng sevimli bo‘lishni, g‘am chekmaslik va baxtli kunlarni unutmaslikni tilagan.
 
Renata Iskandarova mazkur tabrikka javoban “Rahmat, Umid, ta’sirli she’r uchun!”, — deb yozib qoldirgan.
 
“Renataning yaqin dugonasi, aktrisa Shahzoda Matchonovaning tabrigi e’tiborimizni tortdi. Mazkur tabrikda Shahzoda Renataga hayotida uni butun qalbi bilan sevadigan inson bo‘lishini tilagan”, — deyiladi “Darakchi.uz” xabarida.
 
“Mening qadrli insonim! Bizning qo‘g‘irchog‘imiz, tug‘ilgan kuning bilan! Hayoting o‘zing kabi chiroyli bo‘lsin! Har doim hayotdan mamnun, yorqin va samimiy tabassum qiluvchi inson bo‘l! Hayotingda butun qalbi bilan seni sevadigan inson bo‘lsin!”, — deb yozdi Shahzoda Matchonova.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10854 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Umid Iskandarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное