Ulug’bek Rahmatullaev juda uzoq vaqtdan beri tinmay bir tarona ustida ishlayotgan edi. Mana bir necha oylik mehnat samarasi tayyor bo’ldi. Ulug’bekning bu taronasi Vatan haqida bo’lganligi uchun ham doimgi qo’shiqlardan farqli ravishda yanada ko’proq kuch talab qildi.
Zero, Vatan haqida gap ketar ekan, bunga yengil qarab bo’lmaydi. Ayniqsa, Vatan haqida qo’shiq kuylanganda unga boshqacha mehr bilan yondoshish talab etiladi. Ahir biz yashayotgan, bizni katta qilayotgan, bizni himoyalab, bizga mana shunday tinchlikni taqdim etayotgan Vatanimiz emasmi? Shuning uchun ham har doim Vatan haqida kuylanadigan qo’shiqqa boshqacha mehr bilan yondoshish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ulug’bek Rahmatullaev 7-avgust kuni barcha radio to’lqinlar va internet saytlar orqali o’zining yangi taronasini taqdim etadi. «Vatanni sevmoq iymondandur» deb nomlangan ushbu qo’shiq yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramimiz uchun ajoyib sovg’a bo’lsa ajab emas. Prem’erani sabrsizlik bilan kutamiz!!!