O’zbek estradasining ko’plab xonandalariga musiqa bastalab
berayotgan bastakor Ahmad Hojimatovga bir necha kun ilgari Ulug’bek
Rahmatullaev iPhone 5s rusumli telefonni sovg’a qildi. «Meni kechir»
taronasining omadli jarangidan ruhlangan Ulug’bek uning bastakorini hursand
qilishni niyat qilgan ko’rinadi.
Iste’dodli bastakor Ahmad Hojimatov tomonidan bastalangan
juda ko’plab qo’shiqlar hit darajasiga yetmoqda. Jumladan, Ulug’bek
Rahmatullaev ijrosidagi juda ko’plab taronalar musiqa muallifi ham shu bastakor
hisoblanadi. Ayni kunlarda Ahmad Hojimatov O’zbekiston Respublikasi Xalq
artisti Ozodbek Nazarbekov bilan birgalikda ijod qilmoqda. Iste’dodli bastakor
endilikda Ozodbek Nazarbekovning yakkaxon konsert dasturi uchun bir qator
qo’shiqlarni bastalash ishlari bilan ovora. Demak, yana yangi hit taronalar dunyoga kelish arafasida ekan. Yangi
taronalarni kutib qolamiz.