Ulug‘bek Rahmatullayev qo‘shiqlari bilan nigeriyalik ko‘nglidan ham joy oldi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning rus tilidagi qo‘shiqlari xorijda ham sevib tinglanishi yangilik emas. Uning taronalari Rossiyaning Vostok FM radiosi xit paradidan joy egallagani haqda ham avval yozgan edik. Xonanda Instagram sahifasi orqali xorijlik muhlislaridan yana biri haqda ma’lum qildi. Xonanda tarmoqqa joylagan videoda nigeriyalik rusiyzabon yigit «Sog‘inib tonglar otguncha» qo‘shig‘ining rus tilidagi variantini tinglab, hirgoyi qilayotgani tasvirlangan.