Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ular nega davlat stipendiyalardan mahrum bo‘lishgandi?


Bundan bir necha kun oldin shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anton Filippov stipendiyadan mahrum qilingani haqida xabar bergandik.

Bu haqda Anton Filippov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgandi.

O‘shanda grossmeyster o‘z sahifasida “Meni O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘lganligim uchun to‘lanadigan stipendiyadan mahrum qilishdi”, - deya yozib qoldirgandi.

Keyinchalik O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi berilgan ushbu xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

Federatsiya tomonidan taqdim etilgan raddiyada terma jamoa murabbiylari Anton Filippov terma jamoa sharafini himoya qiluvchi turnirlarda ishtirok etmagani uchun ushbu imtiyozdan mahrum etilganligi haqida aytib o‘tilgan.

“Anton Filippov 2016 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etganligi inobatga olinib, 2017 yilning senyatbr oyiga qadar mashg‘ulot davomida energiya sarfi va jismoniy zaxirani tiklash uchun kompensatsiya belgilanib keldi.

Birok, Anton Filippov joriy yilning sentabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib terma jamoa safida qatnashishdan bosh tortdi.

Shuningdek, 2017 yil davomida o‘tkazilgan terma jamoa sharafini himoya qiluvchi musobaqalarda ishtirok etmadi.

Aytish lozimki, erkaklar milliy terma jamoasi uchun kompensatsiya uchun 3 stavka ajratilgan. Terma jamoa sharafini himoya qiluvchi a’zolar uchun bu juda oz.

Terma jamoaning boshqa a’zolari esa, O‘zbekiston sharafini himoya qilib, lekin xech qanday kompensatsiya olmasligi boshqa shaxmatchilar orasida ham tushunmovchiliklarni keltirib chikaradi.

Shuningdek, yana bir shaxmatchi Nafisa Mo‘minovannig ham stipendiyadan mahrum etilishiga izoh berildi.

“Nafisa Mo‘minovaga esa 2017 yilning 1 iyuliga qadar mazkur kompensatsiya berildi.

Lekin tug‘ruq ta’tiliga chiqqanligi, buning natijasida esa Markaziy Osiyo chempionatida, shuningdek, Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qila olmadi.

Shu sababli, men uning tug‘ruq davridagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishi bo‘yicha javobgarlikni bo‘ynimga ololmayman.

Aytishim lozimki, ayollar terma jamoasi uchun ham kompensatsiya uchun 3 stavka ajratilgan. Men ayollar terma jamoasi a’zolariga xolisona munosabatdaman.

Aytishimiz lozimki, Nafisa terma jamoa jamoa sharafini himoya qiluvchi musobaqalarda ishtirok etishi bilanoq, ushbu kompensatsiyadan foydalana oladi”, - dedi shaxmat bo‘yicha ayollar terma jamoasi murabbiyi Olga Sabirova.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2825 | Рейтинг: 0| Рейтинг: stipendiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное