Toshkent davlat stomatologiya institutida rektorat stipendiyasi joriy etildi. Bu haqda OTM matbuot kotibi Shohinur Mirzaev xabar berdi.
Institutda 31 yanvar kuni Rektor va yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazilgan.
Stipendiya 2008 yil 13 oktyabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, munosib taqdirlash maqsadida maqsadida joriy qilindi.
Stipendiya egalarini institut ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan ishchi guruh aniqlaydi. Bundan tashqari o‘z ustida ishlaydigan ilmiy izlanuvchi pedagoglarning «Skopus» tizimidagi xalqaro jurnallarda chop qilingan har bir maqolasi uchun 3 million so‘m gonorar joriy qilingani ma’lum qilindi.