Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

“Uch qiz”ning faryodi

Bu voqeani bizga surxondaryolik muxlisamiz Aziza Xudoyorova yozib yuborgan. Maktub o‘ziga xosligi va g‘ayrioddiyligi bilan e’tiborimizni tortdi. Ehtimol, siz ham bu kabi hodisalarga duch kelgandirsiz. Bizga yozib yuboring, deya xatni e’tiboringizga havola qilamiz.
Bu voqea elas-elas yodimda qolgan. Boisi, juda kichkina bo‘lganman. Chamamda besh-olti yoshda bo‘lsam kerak. Buvim xastalanavergach, shifokorlar “Havo almashtirsin, vaqtincha bo‘lsa ham chetroq, tog‘li qishloqlarga borib yashab turinglar”, debdi. 
Bilasiz, qishloq joylarda ortiqcha, ijara uyning o‘zi bo‘lmaydi. Odamlarda o‘zlari yashashlari uchungina uy quradilar. Vaqtincha yashab turish uchun xona topilishi mumkin, lekin oilaviy yashash uchun bus-butun hovlini ijaraga topish mushkul. 
—  Kichikroq bo‘lsa ham uy sotib olamizmi? — dedi otam buvimga maslahat solib. — Shahar chetidagi bir xonali uyni sotsam, qishloqdan hovli berarkan.
—  Uni katta o‘g‘lingga atab olganding, — norozi bo‘ldi buvim.
—  Qishloqdagi hovli ham mulk bo‘ladi, ena. Istagan vaqtingizda sotsangiz pul, yashasangiz joy. Biz biribir bir-ikki oyga bormaymiz. Siz sog‘ayguningizcha, bir-ikki yil yashaymiz. Hammamiz boramiz. Shunday ekan, muqim yashash joy kerak bizga. 
—  Bolalaringning maktabi nima bo‘ladi?
—  Qishloq maktabida o‘qishadi...
—  Bo‘lmasa, rostdan ham oladigan bo‘lsang, bir yo‘li yaxshi joydan ol. Toqqa yaqin bo‘lsin. Bir umr qoladigan, borib dam olib keladigan xonadonlaring bo‘lib qolsin, — nasihat qildi buvim. 
Shu bilan otam tanish-bilishlarini ishga solib, tog‘ bag‘rida joylashgan qishloqlardan uy surishtira boshladi. Aksiga olib, qishloqlarda uncha-munchaga uy sotilmas ekan. Ikki oy o‘tdi hamki, sotiladigan uy topilmadi. Buvimning esa sog‘lig‘i yomonlashdi.
—  Ijaraga bo‘lsa ham xona olamiz, — dedi otam bir kuni tongda chiqib keta turib. — Bugun surishtiraman. Ikkita xonasini bo‘lsayam olamiz. Boshqa iloj yo‘q.
Shu bilan otam ikki kun uyga kelmadi. U paytlar telefonlar yo‘q, rosa xavotir oldik. Keyin bilsak, otam uy topmaguncha izlayveribdi. Uyga xursand bo‘lib kirib keldi:
—  Bitta hovlicha topdim. Ziyoratgoh uchun qurilgan joy ekan. Odamlar agar qo‘rqmasanglar yashab turaveringlar. Savob-ku, deyishdi. Nimadan ham qo‘rqamiz, to‘g‘rimi? Qadamjo bo‘lsa...
O‘sha kuniyoq biz ko‘ch-ko‘ronimizni yig‘ishtirishga tushdik. Hamma narsa keraklidek tuyuladi. Otam “Uncha ko‘p narsa olmanglar”, deydi. Biz olaveramiz. Kulisha-kulisha otam topgan joyga keldik. Tog‘ning orasida, salqin, daraxtzor ichidagi uch xonali uy ekan. Sal narida uchta tik qoyasifat tosh bor. Odam gavjum. 
—   Onaxon bitta xonada yotib turaversin. Ziyoratchilar uyga kirmaydi, tashqarida, daraxtlar tagidan qaytib ketishadi, — deyishdi. 
Biz darhol joylashishga kirishdik. Otam bizga maktabni gaplashgani ketdik. Ul-bul qilgunimizcha kech tushdi. 
—  Maktab sal uzoq ekan. Ertalab ishga ketayotganimda o‘zim olib ketaman, sizlarni, — dedi otam. 
O‘sha kech charchoq va hayajon bilan hech narsa sezmadik. Ammo ertasiga, undan keyin kechasi uxlay olmaydigan bo‘ldik. Bir-ikki kun otam indamay yurdi. Oxiri ziyoratgohdagi narsalarga ko‘z-quloq bo‘lib yuradigan xodimdan so‘radi:
—  Aka, kechasi har xil ovoz keladi... Yo bizga shunday tuyulyaptimi?
Haligi amaki kuldi:
—  Men sizga boshida, qo‘rqmasangiz yashayvering, dedim-ku! Bu yer “Uch qiz” ziyoratgohi. Anuv uch toshni bir paytlar dushmandan qochgan uch opa-singilning tosh qotgan tanasi deyishadi. Ayrimlar bunga ishonmaydi. Shunchaki, tosh-da, deydi. Lekin bu yerning xosiyatini hali ko‘rasiz. Onangiz sog‘ayib ketadi. Faqat qo‘rqmang. Kechasi shu uch qizning “oh-vohi”ga chiday olsangiz bo‘lgani. Bu beziyon. Ovoz bor faqat. Mana men necha yildan buyon qorovullik qilib yotaman-ku! Ko‘pchilik qo‘rqib ketib qoladi. Lekin bu yerning havosida nimadir bor. Har qanday odam shifo topadi, suvi ham davo...
Bu gaplarni eshitgandan keyin bu sirli  ovozga diqqat bilan quloq soladigan bo‘ldik.
—  Qo‘rqmanglar, haligi uchta toshga shamol turli tarafdan  urilib, shunaqa ovoz chiqaryati, — dedi oyim.
—   Shamoldan bunaqa ovoz chiqmaydi, —e’tiroz bildirdi buvim.
Ertasiga oyim joyidan tura olmay kasal bo‘lib yotib qoldi. Qo‘rqib ketgan otam darhol onamni suyab uch tosh oldiga olib bordi. Oyim duo qilib, Xudodan kechirib so‘radi va uch kunda sog‘aydi. Eng hayratlanarlisi, shifokorlar bir-ikki yilcha qishloqda yashasalaring tuzalib ketadi degan buvim ikki oyda otdek bo‘ldi. Biz ikki oydan so‘ng uyga — shaharga qaytdik. Lekin bu voqeani hech birimiz unutmadik...
KAMINA oqqa ko‘chirdi



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 19029 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Faryod, Uch qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
Davlat5014 Nuu bilmadiim.Ishoniash qiyinn. :o :o
Like | 0
Davlat5014 Nuu bilmadiim.Ishoniah qiyinn.
Like | 0
virus16 Ajoyib zo'r qachon bulgan voqiya bu yili yoq ekanda
Like | 0
2313246 Bu bo'gan voqeamikin? :o
Like | 0
Azamat4846 Qoyil haqiqiy mojiza bopti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное