Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Merlin-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qirolicha - Stakan Version
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Chimildiq ko‘rmagan qizlar faryodi

Radiodan taralayotgan bir qo‘shiq Fotimaning e’tiborini tortdi.
Baxt yo‘llaring o‘zing bog‘lading,
Chimildiq ko‘rmagan qizlar.
Eh, peshonangda bormidi
Chimildiq ko‘rmagan qizlar.
Yuz qarolig‘ing bormidi,
Chimildiq ko‘rmagan qizlar...
Ha, chimildiq ko‘rmagan qizlar ko‘paygandan ko‘payib ketdi. Fotimaning ham orzulari bir jahon edi. O‘zi yoqtirgan yigiti bilan qo‘l ushlashib, go‘shangaga yo‘l olmoqchi, keyin u bilan baxtli hayot kechirmoqchi edi. Biroq barcha orzularini  o‘z qo‘llari bilan tuproqqa ko‘mdi...
Farog‘at ishlamasdan mo‘may pul topishni xush ko‘radigan  ayollardan edi. U o‘ziga o‘xshagan “tadbirkor” ayollar bilan birgalikda antiqa reja tuzishib, shuning ortidan daromad olishni, shohona yashashni o‘ylashardi. U Toshkentdan ko‘ra, ko‘proq Dubayda yashardi. O‘zbekistonda uning o‘rtog‘i Tohira  aytilgan vaqtda qizlar jo‘natib turardi.
Kunlarning birida odatdagidek Farog‘at Tohiraga qo‘ng‘iroq qilib, yana qiz kerakligini, iloji bo‘lsa tezroq jo‘natib yuborishini aytdi. Tohiraning boshi qotdi. Chunki hozircha uning “zapas”ida qizlar yo‘q edi. Shu payt uning yodiga qo‘shni mahalladagi, endigina kollejni tugatgan, uyining ishlarini qilib, to‘rt-besh so‘m choychaqaga ishlab yuruvchi Fotima keldi. Darhol ularning uyiga yo‘l oldi.
Darvozani Fotimaning o‘zi ochdi va salom-alikdan so‘ng u bu ayolni uyiga taklif qildi.
— Oying qani? Ko‘rinmaydi? — dedi u yoq bu yoqqa alanglagan Tohira.
— Oyim bozorga ketgandi. Hozir kelib qolsa kerak. Biror yumushingiz bormi? — dedi qizgina uni ishga chaqirgani keldi deb o‘ylab.
— Qani yonimga o‘tir! Gap bor, — dedi Tohira Fotimani yoniga o‘tqizib.
— Hozir Rossiyaga borib kelayotganlar qanchadan-qancha dollar bilan qaytishayapti. Sen ham yolg‘iz onangning qo‘liga qarab o‘tirmasdan u yerga borsang-chi! Bir yilga qolmay millioner bo‘lib qaytasan. Sen menga yoqib qolganing uchun bu taklifimni aytayapman. Aslida “Rossiyaga ishga jo‘nating! O‘zim sizni rozi qilaman!” deb ortimdan yurganlar qancha. Senlarga rahmim keladi. Hademay onang seni uzatishi kerak. Buning uchun bilasanmi qancha pul kerak?
— Oyim Rossiyaga yuborishga rozi bo‘lmasalarchi? Axir shu yerdan yaxshiroq ish topib bering. Men ishdan qochmayman, ishlayman, — dedi soddagina qiz uning gaplariga laqqa tushib.
— Oying rozi bo‘ladi. Rozi bo‘lmay qayoqqa ham borardi. U sening qo‘llaringda jaraq-jaraq pullarni ko‘rganidan so‘ng lom-mim ham demaydi. Qachongacha qo‘l uchida kun ko‘rasanlar! Senlarga rahmim kelganidan, o‘zimga yaqin olganimdan aytayapman, — deya Tohira Fotimaga boshdan-oyoq razm soldi. — Aytgancha, u yoqdan ishlab kelgan pulingga o‘zingga alohida bir xonali “dom” olsang ham bo‘ladi. Xohlasang mashina olarsan. Axir hademay kelin bo‘lasan. Onang seni uzatishi kerak. Ikki-uchta tilla taqinchoqlar olib qo‘ysang zarar qilmaydi. Do‘stu dushmanning oldida tiling bir qarich bo‘ladi. Manavilarga qara, — deya ayol qo‘llaridagi qo‘sha-qo‘sha tilla uzuklarni, bo‘ynidagi qalin tilla zanjirni, qulog‘idagi tilla ziragini unga ko‘z-ko‘z qildi.
Bularni ko‘rib Fotimaning ichidan qirindi o‘tdi. Chunki unda shulardan loaqal bittasi ham yo‘q edi.
— Bularning barchasini Rossiyaga borib, ishlab topganman. Nahotki senda orzu-havas yo‘q bo‘lsa. Uyimni ko‘rgansan. Meni uyimday shohona qasrda yashashni havas qilmaysanmi?
Fotima o‘ylanib qoldi. Ko‘z oldiga o‘zini mashinaning rulida o‘tirgani, dugonalariga kerilib qaragani kelib, jilmaydi.
Shunday qilib Tohira qizginani aldab-avrab uning pasportini qo‘lga kiritdi.
— Oyingga bu haqda aytib yurma. Mavridi kelganida o‘zim sekin yotig‘i bilan tushuntiraman. Syurpriz qilamiz. Albatta, bu ishingdan xursand bo‘ladi, — deya uning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi.
Ertasi kuni Tohira qizni uyiga chaqirtirib olib, ular birgalikda Qozog‘istonning Chimkent shahriga borishdi. O‘sha yerdan Fotimani Dubayga — sheriklari Farog‘at va Jamilaning oldiga jo‘natib yubordi.
Fotimani Dubayda kutib olganlar unga avvaliga judayam yaxshi muomilada bo‘lishdi. Qizginaning tim qora uzun sochlarini aldab-avrab kestirishdi, bo‘yantirishdi. Xullas, o‘zlarining ramkasiga solishdi. Biroq uni “seni ertaga ishga joylashtiramiz” deb aldab olib o‘tirishdi.
Kunlarning birida ular yashaydigan xonadonga ellik yoshlardagi bir arab kishi keldi. Farog‘at bilan Jamila uni xursandchilik bilan kutib olishdi. Fotimaga “Bu bizning aziz mehmonimiz”, deya tanishtirishdi. Ular birgalikda tushlik qilishdi. So‘ngra Farog‘at Fotimani xonasiga olib kirdi. Birozdan so‘ng u yerga boyagi mehmon ham kirdi. Shundan so‘ng Farog‘at u yerdan chiqib, xonani qulflab qo‘ydi.
Xonada Fotimaning dodini hech kim eshitmadi. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, devdek keladigan arabga kuchi yetmadi. Oqibatda nomusi poymol bo‘ldi.
Farog‘at qizginani bu arabga 8.000 AQSh dollariga sotgan edi.
Qizning bu ko‘rgan qiyinchiligi hali holva edi. Ertasi kuni qo‘shmachilar uni yana bir arabga 5.000 AQSh dollariga pullashdi.
— Iltimos, opajon, bunday qilmang! Undan ko‘ra meni o‘ldirib qo‘ya qoling, — deya Fotima Farog‘atning oyoqlaridan mahkam quchganicha yig‘lay boshladi.
— O‘chir ovozingni! Kim senga bu yerga kelsin dedi. O‘z xohishing bilan kelgansan. Shuning uchun shunday qilishga majbursan!
— Opajon, bir umr xizmatkoringiz bo‘lay! Men bunaqangi ish deb kelmaganman. Mayli, har qanday og‘ir yumushingizni bajaray, faqat iflos ishlarga buyurmang!
— Sen uchun biz ozmuncha pul sarfladikmi? Bo‘yningdagi qarzlaringdan qutulsang, shundagina yurtingga, onajoningning oldiga ketasan! Gap tamom! — deya ayol qizni sudrab xonaga olib kirdi. U yerda uni sovuq basharali arab tirjayganicha kutib turardi.
Farog‘at eshik tomonga yo‘naldi. Fotima dod solib yana uning oyoqlariga yopishdi.
— Qochishni xayolingga ham keltirma! Bu yer senga O‘zbekiston emas! Dod-voyingni ham to‘rt devordan boshqasi eshitmaydi. Undan ko‘ra qarshilik ko‘rsatmasdan, jimgina aytganimizni bajar! — deya Farog‘at uni turg‘izib itarib yubordi-da xonani qulfladi.
Qiz o‘z-o‘zidan nafratlanib ketdi. Bunday jirkanch hayotga la’natlar o‘qidi. Biroq qo‘lidan hech nima kelmasligini anglab yetdi. Chunki u bu yerdagi ayollarning qo‘lida tutqin edi. Unga o‘xshab aldanib qolgan qizlar esa bu yerga tez-tez keltirilar, ularni Farog‘at va Jamila qaergadir olib borib joylashtirar va mo‘may pulga sotishardi.
Farog‘at bilan Jamila qizning ojizligidan foydalanib, har kuni bir necha erkakka qo‘shib qo‘yardi. Aytganini qilmasa, majburlashar, hattoki kaltaklashardi ham.
Kunlarning birida Fotimani bir badavlat odamga sotish uchun ko‘chaga olib chiqishdi. Shunda u Farog‘atning qo‘lidan siltanib qochishga ulgurdi. Biroq uni Birlashgan Arab Amirligi davlatining polisiyachilari qo‘lga olishib, uch oy qamab qo‘yishdi. So‘ngra o‘z mamlakatiga qaytarib yuborishdi.
Fotima ko‘zida yosh bilan nihoyat o‘z go‘shasiga qaytdi. Oyisining oyoqlariga tiz cho‘kib, o‘ksinib-o‘ksinib yig‘ladi. Onaizor yolg‘izgina qizini shu kuyga solganlarga la’natlar o‘qib, ko‘z yosh to‘kdi. Shu paytgacha uni aldab kelgan Tohirani ustidan tegishli organlarga yozib berdi.
Sud Tohira Aminova, Farog‘at Avazova va Jamila Zufarovani uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Xonbibi Himmat qizi maxsus Kun.uz uchun.


Manba:kun.uz

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 46294 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Chimildiq, Chimildiq ko‘rmagan qizlar, Faryod
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Azizhon530 Xamma narsaning javobi bor tepaga kuzatuvchi bor biz wuncaki piyoda ozi hammasini biladi
Like | 0
bibijon Ming lanat bunday ayollarga, bechora qiz hayoti barbod boldi
Like | 0
virus16 Ushalardi tilni qulni kesib tashashdi iloji yoqmi qamagani bilan bu ishdi yana qiladi ular pul nimalar qimiydi bila guldek qiz xazon bulibdi Alox kechirsin barchasini
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное