“Coscom” MChJ o'z abonenti hisobidan ortiqcha mablag' olganligi o'z tasdig'i topdi hamda Korxona tomonidan mazkur mablag' fuqaroga qaytarib berildi.
Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi fuqaro A.V, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasining 1144 ishonch telefoniga “Coscom” MChJ tomonidan ko'rsatilgan mobil aloqa xizmati uchun hisobidan ortiqcha mablag' olinganligi yuzasidan murojaat qilgan.
Murojaatdagi masalalar Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo'linmasi va “Coscom” MChJ xodimlari hamkorligida o'rganib chiqildi.
Natijada, murojaat etuvchi hisobidan ortiqcha mablag' olinganligi aniqlandi va “Coscom” MChJ tomonidan mazkur mablag' qaytarib berildi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi xabariga ko'ra, kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo'linmasi tomonidan “Coscom” MChJga ogohlantirish xati taqdim etilgan.
manba: uznews