Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Tuz va uksusli suvda tomoq chayilsa, virus yo‘qoladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Koronavirus o‘pkaga o‘tishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turadi, shu paytda yo‘tal va tomoq og‘riq boshlanadi. Agar shu davrda ko‘p suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yo‘qoladi” mazmunida tarqalayotgan xabarlar xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Koronavirus infeksiyasiga xos klinik belgilardan biri quruq yo‘tal xisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini doimo xo‘llab turish organizm uchun juda foydalidir, chunki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatdan iborat bo‘lib, suyuqlik ichishi xisobiga doimo nam xolatda bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tashqi muxitdan ta’sir qilayotgan mikroorganizmlardan, shu jumladan koronavirusdan ximoya qiladigan qobiq sifatida ta’sir ko‘rsatadi.
Tuz va uksusli suv yuqorida aytib o‘tilganidek, og‘iz shilliq qavati butunligini buzulishiga va oqibatda turli-xil kasalliklarni og‘iz orqali yuqishiga olib keladi.
Shuni unutmaslik kerakki, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar, materiallar, feyk xabarlar va umuman, ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2281 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное