Turkiyalik taniqli qo‘shiqchi Tarkan bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi, deb yozadi “1news.az”.
Tarkan va uning sevgilisi Pinar Dilek qonunan nikohdan o‘tdi. Ularning nikoh marosimi Istanbul shahridagi yirik villalardan biridagi bog‘da bo‘lib o‘tdi.
Tarkan o‘zining ashaddiy muxlisasi Pinar Dilek ismli qiz bilan Germaniyadagi konsert dasturida tanishgan edi.
Nikoh marosimida ikki yoshning eng yaqin qarindoshlari va do‘stlari ishtirok etdi. Dabdali to‘y marosimi esa yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.