Turk qo‘shiqchisi Tarkanning to‘yi aprel oyida bo‘lib o‘tadi
Turkiya shou-biznesi yulduzi Tarkanning to‘yi qachon bo‘lishi aytildi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, xonandaning to‘yi shu yilning aprel oyida Germaniyaning Kyoln shahrida o‘tkaziladi. Tarkanning qallig‘i — Pinar Dilek aynan shu shaharda istiqomat qiladi.
Pinar Dilek Tarkanning muxlisasi bo‘lib, ular besh yil muqaddam Germaniyadagi konsertlardan birida tanishib qolgan.