Ta’mirlash ishlari sababli bugun, 4 aprel soat 08:00 dan ertaga, 5 aprel soat 08:00 ga qadar poytaxt Toshkentning Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlaridagi ayrim mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli quvurga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu tufayli 1 sutka davomida Sergeli tumani aholi iste’molchilari:
“Sohibqiron”, “Saxovat”, “Yangi Sergeli”, “Qipchoq”, “Ezgulik”, “Nurhayot”, “Madadkor”, “Ittifoq”, “Ziynat”, “Nilufar”, “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Xabibiy”, “Bunyodobod”, “Yangi Bunyodobod” mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 21 566 ta xonadonda hamda “Junariq”, “Nog‘ay qo‘rg‘on”, “Yuqori darxon”, “Qubaytepa”, “Qutbaraka”, “So‘g‘diyona”, “Sofdil”, “Daryo bo‘yi” mahallalaridagi jami 7 634 ta uy xo‘jaligida;
Shuningdek, tumandagi ulgurji iste’molchilari: 85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta bog‘cha, 41 ta umumiy ovqatlanish ob’ekti, 68 ta nonvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona jami 393 ta ulgurji iste’molchida;
Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste’molchilari:
“Fayzli”, “Choshtepa”, “Yangi S’hoshtepa”, “Yangi Darxon”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush”, “Humo”, “Yangi Hayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Yo‘ldosh”, “Toshkent”, “Chortoq” mahallalardagi jami 5 251 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 29 835 ta xonadon hamda 316 ta ulgurji iste’molchida;
Chilonzor tumani aholi va ulgurji iste’molchilari:
“Beshqo‘rg‘on”, “Tirsakobod”, “Xayriobod”, “Xon to‘pi”, “Bek to‘pi”, “2-Qatortol”, “Mevazor”, “Yakkabog‘ MFYlardagi jami 6 000 ta uy xo‘jaligida hamda 47 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.