Toshkentda yigitlar fuqaroning uyiga bostirib kirib, uni kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yigitlar boshqa fuqaroning uyiga bostirib kirib, unga tan jarohati yetkazgani aks etgan videolavhalar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan ichki ishlar organlariga shikoyat, ariza yoki xabar kelib tushmagan.
Hozirda videoda aks etgan voqea ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda. G‘iyosovning aytishicha, vaziyat tekshirilib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.