Toshkentda Tracker to‘xtab turgan avtobusga urilib, yonib ketdi
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker to‘xtab turgan avtobusga borib urilib, yonib ketdi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 22-yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 00:40 larda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 4-sonli avtokorxona qarshisida yuz bergan.
1998-yilda tug‘ilgan A.T. Tracker’ni tezlikni oshirib harakatlangan. Natijada rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan Isuzu avtobusiga borib urilgan va mashina old qismida yong‘in chiqqan.
YTH natijasida Tracker’dagi yo‘lovchilar: 1992-yilda tug‘ilgan D.U. va M.P., 1998-yilda tug‘ilgan S.A. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.