“Suvsoz” korxonasi Toshkentda sovuq suv tariflari 1-maydan oshishini ma’lum qildi. Yangi narxlar poytaxt hokimi tomonidan tasdiqlangan.
2018-yil 1-maydan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritiladi:
Suv ta’minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 245 so‘m, QQSsiz.
Oqova suv bo‘yicha – 1 m3 uchun 210 so‘m, QQSsiz.
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 12-yanvardagi 69-sonli qaroriga binoan, 2018-yil uchun Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste’molchilar uchun — 1 m³ uchun 100 so‘mdan olinadi.