Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yangi fakultet ochiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Parijdagi Xalqaro modalar akademiyasi Prezidenti Jan-Fillip Vaklyuer rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda fakultet ochish hamda 2019-2020 o‘quv yilidan qabulni amalga oshirish rejalashtirildi.