Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent tibbiyot akademiyasida 21 nafar bemor butkul sog‘aydi

Dunyoning aksariyat davlatlari aholisining qay darajada hamjihat, bardoshli va tadbirli ekanini sinovdan o‘tkazayotgan koronavirus pandemiyasi sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilayotgan e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini ko‘rsatdi. Shu bois yurtimizda ushbu yo‘nalishda tezkor va samarali choralarni ko‘rmoqda.
Ushbu sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, ayni sinovli damlarda xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilayotgani, ayniqsa, shifokorlarimizning fidoyilik bilan kurash olib borayotgani bugungi va ertangi muvaffaqiyatlarimizga zamin yaratmoqda.
Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning 13 nafari charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, “Botanika” sanatoriysi hamda O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanishni boshlashgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir.
Ulardan 13 nafari poytaxtimizdan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 32  nafarga yetdi. Ahamiyatli tomoni, nafaqat koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, balki butun aholining umid ko‘zlari shifokorlarda.
Shunday jiddiy mas’uliyatni zimmasiga olgan tibbiyot xodimlari esa jasorat va shiddat bilan qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishib, samarali natijalarga erishmoqdalar.
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 36 nafarga yetib, jami 261 nafarni tashkil etmoqda.   Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1991 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 21 nafar bemor, butkul sog‘aydi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное