Toshkent chorrahalaridagi kuzatuv kameralari qanday ishlaydi?
Joriy yilning birinchi yarmidan boshlab qizil chiroq yonganda taqiqlovchi chiziqni kesib o‘tgan, xavfsizlik kamarini taqmagan va piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarga jarima to‘lashlari haqidagi xabar pochta orqali yuboriladi, deb yozmoqda uz24.uz.
Ushbu qoida buzilish holatlari harakatlarini suratga oladigan, 24 soat davomida sinxron tarzda ishlovchi svetofor va videokameralardan iborat 160 ta avtomatik yo‘l majmualari tomonidan kuzatiladi.
Kuzatuv kameralari avtomobilning tezligi, davlat raqami va qizil chiroqqa o‘tib ketgan joyini aniqlaydi. Kamera ma’lumotlari butun shahar bo‘ylab transport harakatini tartibga soluvchi boshqaruv markaziga yo‘naltiradi.